Maxfiylik siyosati
2026-yil 9-noyabrdan amal qiladi.
Biz kimmiz
FOKA — uy uchun ustalarni topish xizmati: Telegram-bot, Telegramdagi mini ilova va Android ilovasi. Shaxsiy maʼlumotlar operatori — YaTT Anoxin V. V., Toshkent, Oʻzbekiston. FOKA shaxsiy maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Shaxsiy maʼlumotlar bazalari davlat reestrida roʻyxatdan oʻtgan.
Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz
- Telegramdan: ism, foydalanuvchi nomi va chat raqami.
- Telefon raqami — agar uni ulashgan boʻlsangiz: usiz usta chaqirib yoki usta boʻlib ishlab boʻlmaydi.
- Shahar, tuman va buyurtma manzillari, saqlangan joylar.
- Geolokatsiya — faqat uni oʻzingiz yuborganingizda: tuman yoki manzilni aniqlash uchun; yoʻldagi usta oʻz joylashuvini mijoz bilan ulashishi mumkin.
- Vazifa tavsifi, rasmlar, buyurtma chatidagi xabarlar, sharhlar va qoʻllab-quvvatlashga murojaatlar.
- Toʻlovlar: summalar va holatlar. FOKA mijozlarning bank karta maʼlumotlarini olmaydi.
- Ustalarda — anketa: ism, rasm, asboblar rasmi, xizmatlar, shahar va tumanlar, tajriba, ish vaqti, tillar.
- Ilovaning texnik maʼlumotlari: kirilgan qurilmalar, oxirgi kirish vaqti va push-bildirishnomalar tokeni.
Nima uchun
Usta tanlash va buyurtmani bajarish, mijozni usta bilan bogʻlash, toʻlovni qabul qilish va ustaga toʻlash, ustalarni tekshirish, qoʻllab-quvvatlashda javob berish va nizolarni koʻrib chiqish, buyurtmalar haqida bildirishnomalar yuborish, xizmatni firibgarlikdan himoya qilish. Reklama yoʻq, maʼlumotlarni sotmaymiz.
Maʼlumotlarni kimga beramiz
- Buyurtmangizni olgan ustaga: ism, telefon, manzil, vazifa tavsifi va rasmlari.
- Mijozga — usta kartasi: ism, rasm, reyting, sharhlar, chaqiruv narxi. Usta sahifasi ushbu saytda ham bor, telefonsiz; usta uni yashirishi mumkin.
- FOKA ishlaydigan xizmatlarga: Telegram — bot xabarlari; Google Firebase Cloud Messaging — ilovaga bildirishnomalarni yetkazish (bildirishnoma sarlavhasi va matni); Cloudflare — saytni himoya qilish va yetkazish.
- Davlat organlariga — faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda.
Maʼlumotlar qayerda va qancha saqlanadi
Maʼlumotlar Oʻzbekistondagi FOKA serverida saqlanadi va himoyalangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Ilovaga kirish kalitlari telefonda shifrlangan holda saqlanadi.
Akkaunt mavjud ekan — xizmat ishlashi uchun kerak boʻlgancha. Akkaunt oʻchirilgandan keyin buyurtmalar, toʻlovlar, sharhlar va buyurtma yozishmalari maʼlumotlaringizsiz 3 yil saqlanadi — hisob va nizolarni koʻrib chiqish uchun. Keyin yozishmalar, rasmlar, manzillar, vazifa tavsiflari va sharh matnlari oʻchiriladi, hisobda faqat buyurtmalarning sanalari, summalari va holatlari qoladi.
Sizning huquqlaringiz
Siz haqingizda qanday maʼlumotlar saqlanishini bilishingiz, ularni tuzatishingiz yoki akkauntni oʻchirishingiz mumkin. Ism, til, shahar va bildirishnomalar profilda oʻzgartiriladi, qolgani — botdagi qoʻllab-quvvatlash orqali.
Akkauntni qanday oʻchirish mumkin
Yosh
FOKA — 18 yoshdan katta odamlar uchun.
Biz bilan bogʻlanish
Botdagi yoki ilovadagi profildan qoʻllab-quvvatlashga yozing, quyidagi havola orqali botni oching yoki [email protected] pochtasiga yozing. Siyosatdagi oʻzgarishlarni shu sahifada eʼlon qilamiz.