OʻzbekchaРусский

Uyga usta — Telegram orqali

Vazifani FOKA botida yozing — u yaqin atrofdagi tekshirilgan ustani topadi. Chaqiruv narxi oldindan maʼlum, toʻlov — ishdan keyin.

Telegramda usta topish

Nega FOKA

Bu qanday ishlaydi

  1. Vazifani yozingFOKA Telegram-botida: nima boʻlgani, manzil va qulay vaqt.
  2. Ustani tanlangReyting, sharhlar va chaqiruv narxi oldindan koʻrinadi. Yoki arizani barcha ustalarga yuboring.
  3. Usta keladiIsh narxini usta joyida aytadi va u faqat botda rozilik berganingizdan keyin kuchga kiradi.
  4. Xavfsiz toʻlovFOKAga bosqichma-bosqich toʻlaysiz: avval chaqiruv, keyin ishlar. Usta pulni siz tasdiqlaganingizdan keyin oladi. 30 kunlik kafolat.

Toshkentdagi xizmatlar

Taʼmirlash

IT

Koʻp beriladigan savollar

Ustani chaqirish qancha turadi?

Chaqiruv narxini har bir usta oʻzi belgilaydi, u buyurtmadan oldin usta kartochkasida koʻrinadi. FOKA ustalarida — 40 000 soʻmdan. Ish narxini usta joyida aytadi va u faqat siz botda tasdiqlaganingizdan keyin amal qiladi.

Qanday toʻlash kerak?

Bosqichma-bosqich, FOKA orqali botdagi rekvizitlar yoki QR-kod boʻyicha: chaqiruv — usta buyurtmani qabul qilganda, ishlar — narxga rozi boʻlganingizda. Toʻlagandan keyin «Toʻladim» tugmasini bosing. Usta pulni faqat siz hammasi bajarilganini tasdiqlaganingizdan keyin oladi. Ustaga naqd pul bermang.

Biror narsa oʻrnatish kerakmi?

Yoʻq, hammasi Telegramda ishlaydi: FOKA boti va mini-ilovasi. Birinchi buyurtmada bot shartlarni qabul qilishni va telefon raqamini yuborishni soʻraydi.

Ustani oʻzim tanlay olamanmi?

Ha: reyting, sharhlar va chaqiruv narxini koʻrib tanlang. Yoki arizani barcha ustalarga yuboring — uni birinchi boʻsh usta oladi.

Muammo qaytsa-chi?

30 kun ichida botdagi buyurtmada kafolatni rasmiylashtiring — oʻsha usta kelib, muammoni bepul bartaraf etadi.

Qaysi tilda?

Bot rus va oʻzbek tillarida ishlaydi, usta biladigan tillar uning kartochkasida koʻrsatilgan.

Telegramda usta topish